Moskva – Termiz samolyoti quyuq tuman tufayli Samarqandga qo‘ndirildi
Moskvadan Termizga uchgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti tuman tufayli Samarqand aeroportiga qo‘ndirildi. Bu haqda RIA Novostiga kompaniya matbuot xizmati ma’lum qilgan.
«Uzbekistan Airways HY-9610 Moskva – Termiz reysi ekipaji belgilangan aeroport zonasida quyuq tuman tushgani sababli yo‘nalishni Samarqandga o‘zgartirishga qaror qildi», — deyiladi kompaniya xabarida.
Havo kemasi Samarqand aeroportiga shtat rejimida qo‘ndirildi. Ob-havo sharoiti yaxshilanishi bilan samolyot Termizga uchadi, deyiladi xabarda.
Kecha Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan Samarqandga uchayotgan Utair samolyotida nosozlik chiqqani bois Moskvaning Vnukovo aeroportiga qo‘ndirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter