Donald Tramp Meksika ko‘rfazining nomini o‘zgartirmoqchi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp «jo‘g‘rofiy yurishi»ni davom ettirmoqda. Kanada, Grenlandiya oroli, Panama kanalidan so‘ng navbat Meksika ko‘rfaziga keldi. Tramp kecha, 7-yanvar kuni qilgan bayonotida ko‘rfaz nomini «Amerika ko‘rfazi»ga o‘zgartirishga urinib ko‘rinishini aytdi. Uning fikricha, shu nom «yanada chiroyli» jaranglaydi.
Bu uning G‘arbiy yarimshar xaritasini o‘zgartirish bo‘yicha so‘nggi (hozircha) taklifi.
AQShning beshta janubi-sharqiy shtati bo‘ylab o‘tgani uchun ko‘pincha Meksika ko‘rfazini Qo‘shma Shtatlarning «uchinchi sohili» ham deyishadi. Meksikaliklar esa ko‘rfazni o‘z tillarida «El Golfo de México» (Meksika ko‘rfazi) deyishadi.
Bundan tashqari, AQShning Texas shtati va Meksikaning Chiuaua, Koauila, Nuevo-Leon va Tamaulipas shtatlari tabiiy chegarasi vazifasini bajaruvchi daryoni ham ikki tomon o‘zicha nomlagan: amerikaliklar — Rio-Grande, meksikaliklar — Rio-Bravo.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter