Yaponiyadagi yetakchi partiya parlament saylovida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi
Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi (LDP) 70 yilda uchinchi marta saylovda yengildi. Saylovchilar iqtisodiy inqiroz va korrupsiyadan norozi.
Kecha, 27-oktyabr kuni Yaponiyadagi parlament saylovida 1955-yildan buyon kichik tanaffuslar bilan yetakchilikni saqlab kelayotgan LDP-Komeito o‘ng-markaz koalitsiyasi qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Koalitsiya parlamentdagi 64 ta o‘rinni boy berib, atigi 215 ta o‘rinni saqlab qoldi.
So‘nggi martotaba koalitsiya 2009-yilda saylovni boy bergandi.
Yaponiya parlamentida ko‘pchilik — 235 o‘rinni muxolifatchi partiyalar keng alyansi qo‘lga kiritdi, bular orasida eng ko‘p ovozni (148 ta o‘rin) liberal Konstitutsion-demokratik partiya to‘pladi.
Mamlakat parlamentida yetakchilik uchun 233 ta o‘rin kifoya.
Sigeru Isibaning raislikka kelishi ham, iqtisodiy revitalizatsiya bo‘yicha va’dalar ham (aholi jon boshiga YaIM bo‘yicha Tayvan va Janubiy Koreya Yaponiyani ortda qoldirgan), liberal-demokratlarga yordam berolmadi. Kamiga 2023-2024-yillardagi korrupsion mojaro o‘lgannning ustiga tepgan bo‘ldi. O‘shanda aniqlanishicha, LDPning bir necha partiya mutasaddilari salkam 4 mln dollar saylovoldi mablag‘larini o‘zlashtirib olgan.
Shunga qaramasdan, parlamentda endi ko‘pchilikka aylangan muxolifatchilarning mo‘rt ittifoqi kurs o‘zgarishini kafolatlay olishi shubha ostida: Japan Times ekspertlarining fikricha, LDP bir nechta mayda partiyani o‘ziga og‘dirib, hukumat ishini falajlab qo‘yishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter