Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX afg‘onistonlik narkosavdogarlar bilan hamkor shaxslarni qo‘lga oldi

DXX afg‘onistonlik narkosavdogarlar bilan hamkor shaxslarni qo‘lga oldi

Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan jami 47,2 kg. narkotik moddalar musodara qilindi.

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida yashovchi, 1971, 1974, 1985 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro Tojikiston Respublikasidan 10 kg. 50 gr. «opiy» va 10 kg. 29 gr. «gashish» moddalarini kontranbanda yo‘li bilan olib o‘tgan vaqtlarida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘lga olindi.

DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, narkokur’yerlar tomonidan Afg‘onistondan olib kelinib, Muzrabot tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 1 kg. 953 gr. «opiy» va 4 kg. 116 gr. «gashish» moddalarini qabul qilib olgan vaqtida Termiz shahrida yashovchi, 1981 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu narkotik moddalarni Termiz shahrida qabul qilib olgan vaqtida 1976 y.t. Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi ushlandi.

Termiz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam narkokur’yerlar tomonidan xufiya joyga qoldirib ketilgan 922 gr. «opiy» va 4 kg. 203 gr. «gashish» moddalarini olib, doimiy yashash manziliga ketmoqchi bo‘lgan vaqtida Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi, 1977 y.t. fuqaro ushlandi.

Mazkur shaxs ushbu ajal og‘usining har bir kilogrammini afg‘onistonlik narkosavdogarlardan 2300 AQSh dollaridan sotib olgan.

Sariosiyo tumanida qayd etilgan holatda, Denov tumanida yashovchi, 1968 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonida 4 kg. 80 gr. «gashish» moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu giyohvandlik vositasi Tojikiston Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan.

Bu yo‘nalishda DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham tezkor tadbirlar o‘tkazishdi.Xususan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1979 y.t. shaxs boshqaruvidagi «Jentra» rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, uning salon qismida 975 gr. «opiy» moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadonidan ham 789 gr. «opiy» hamda 5 kg. 239 gr. «gashish» moddalari olindi.

Aniqlanishicha, mazkur fuqaro tojikistonlik narkosavdogarlar tomonidan yuborilgan ushbu zahri qotilni Qo‘qon shahrida sotishni rejalashtirgan.

Boshqa holatda esa muqaddam qirg‘izistonlik narkokur’yerlar tomonidan Quvasoy shahri hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 4 kg. 922 gr. «gashish» moddasini olib, doimiy yashash manziliga ketayotgan vaqtida Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi, 1998 y.t. fuqaro ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring