«Abu Valid» laqabi bilan video tarqatayotgan shaxs qidiruvga berildi
Ayni vaqtda «Abu Valid» laqabi bilan internetga video tasvirlar joylab borayotgan Nuriddinov Xudoyor Baxtiyor o‘g‘liga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan. Bu haqda IIV xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rishton tumanida tug‘ilgan Nuriddinov Xudoyor Baxtiyor o‘g‘li Rossiya hududiga ishlashga borib, u yerda xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyalari ta’siriga tushib, Suriyaning Idlib shahriga borgan.
Uning targ‘ibot materiallari oqibatida Suriyadagi janglarda bir qator yurtdoshlarimiz halok bo‘lgan.
U «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tajovuz qilish» (JK 220-moddasi), «terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish yoki harakatlanish» (JK 150-modda) va «chet elga noqonuniy chiqish» (JK 244-modda) kabi qator jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblanmoqda.
«Ogoh bo‘ling! Ushbu shaxs ishtirokidagi video tasvirlarni saqlash, olib yurish va tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi», deyiladi IIV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter