Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Istanbuldagi otishmada o‘zbek halok bo‘ldi

Istanbuldagi otishmada o‘zbek halok bo‘ldi

Jinoiy guruhlar o‘rtasida sodir etilgan otishmada bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 2 sentyabr kuni yuz bergan.

«Otishmada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik Istanbulga Samarqanddan ishlash uchun kelgan mehnat migranti  bo‘lgan. 46 yoshli migrant N.Z., otishma paytida og‘ir yaralangan va shifoxonaga olib ketilgan. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan N.Z., kasalxonada vafot etgan», deyiladi xabarda.

Mahalliy politsiya otishmani uyushtirgan jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga olgan. Hozirda ularga nisbatan tergov olib borilmoqda.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi o‘zbek migrantining jasadini Samarqanddagi yaqinlariga yetkazib bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring