Telegram Pavel Durovga qo‘yilgan ayblovlarni bema’nilik deb atadi
Telegram Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishiga izoh berib, unga qo‘ylayotgan ayblovlarni bema’nilik deb atadi.
Messenjer ma’muriyatining ta’kidlashicha, Telegram Yevroittifoq qonunlariga, jumladan, Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunning moderatsiya sohasi standartlariga doir talablariga javob beradi va doimiy ravishda takomillashtirilib kelinadi.
Mavzuga doir: Telegram asoschisi Durov Fransiyada hibsga olindi
«Telegram bosh direktori Pavel Durovning yashiradigan hech narsasi yo‘q va u tez-tez Yevropa bo‘ylab sayohat qiladi. Ushbu platformadagi suiiste’molliklar uchun platforma yoki uning egasi javobgar, deb da’vo qilish bema’nilikdan boshqasi emas», – deyiladi kompaniya munosabatida.
Mavzuga doir: Durovni vaqtincha hibsda saqlash muddati 48 soatga uzaytirildi
Munosabatda, shuningdek, ayni paytda Telegram messenjeridan dunyo bo‘ylab deyarli milliard foydalanuvchi aloqa vositasi va hayotiy ma’lumotlar manbai sifatida foydalanishi ta’kilanadi hamda «bu vaziyatning tez orada yechimi kutilayotgani» bildiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter