Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston AQSh bilan strategik sheriklikni kengaytiradi

O‘zbekiston AQSh bilan strategik sheriklikni kengaytiradi

O‘zbekiston TIV rahbari AQSh davlat kotibi bilan suhbatlashdi

"Bugun AQSh Davlat kotibi Marko Rubio janoblari bilan birgalikda telefon orqali samimiy va samarali suhbat qurdik.

Ko‘p tomonlama aloqalarining muhim mavzularini muhokama qildik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va AQSh Davlat departamenti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni barcha sohalarda kengaytirish yo‘lida yaqin hamkorlikni davom ettirishiga kelishib oldik. Ishbilarmon doiralar o‘rtasida mustahkam ko‘priklar barpo etish, har ikki yo‘nalishda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Markaziy Osiyo va undan tashqarida farovon taraqqiyotni ta’minlash kun tartibimizning asosiy qismidan o‘rin oldi", deya yozadi Baxtiyor Saidov. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring