Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kreml Rossiya va AQSh munosabatlari iliqlashganini inkor etdi

Kreml Rossiya va AQSh munosabatlari iliqlashganini inkor etdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Izvestiya”ning AQSh bilan munosabatlarni iliqlashtirish haqidagi savoliga javob berar ekan, “ish hali bungacha yetib borgani yo‘q”, dedi.

“Rossiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida muloqot o‘tkazish boshqa, texnologiyani rivojlantirish sohasida hamkorlikni boshlash boshqa narsa”, — dedi u.

Peskov avvalroq ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish uchun uzoq yo‘lni bosib o‘tish kerakligini ta’kidlagan edi. Shunga qaramay, prezident matbuot kotibining fikricha, 18- fevral kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Rossiya va Amerika delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralarda munosabatlarni tiklash yo‘lida muhim qadam qo‘yildi. 

Prezident Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Qo‘shma Shtatlar shunday holatdaki, "shunchaki choy, qahva ichish, o‘tirish, kelajak haqida gaplashish" uchun uchrashuv etarli emas. “Donald Tramp bilan uchrashishdan xursand bo‘lardim, biz bir-birimizni ko‘pdan beri ko‘rmagan edik”, dedi u. 

Putin o‘zaro sammitga mamlakatlar uchun muhim bo‘lgan qator masalalar, jumladan, “Ukraina yo‘lida” puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring