Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surdi

O‘zbekiston BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surdi

O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Ulug‘bek Lapasov Xitoy raisligida BMT Xavfsizlik kengashining ko‘p tomonlama va global boshqaruv institutlarini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

«Dunyo» AAning xabar berishicha, unda O‘zbekistonning BMT bilan o‘zaro hamkorlikning eng ustuvor masalalari bo‘yicha rasmiy pozitsiyasi xalqaro hamjamiyatga yetkazildi. Yig‘ilish ishtirokchilari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘zbekistonning ko‘p qirrali, global boshqaruvni mustahkamlash va takomillashtirish tarafdori ekanligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik muhimligi va Afg‘onistonni iqtisodiy tiklashdan manfaatdor ekani qayd etildi.

Shuningdek, mamlakatning transmilliy tahdidlarga, jumladan, giyohvandlik moddalarning noqonuniy aylanishi, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda BMT bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligi tasdiqlandi.

A’zo davlatlar 2025 yil iyun oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning «Besh yil – 2030 yilgacha: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish» mavzusidagi davlat xizmatlari forumiga taklif qilindi.

O‘zbekistonning global tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash tarafdori ekanligiga urg‘u berildi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz BMT Xavfsizlik kengashining 2035-2036 yillar uchun doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surgani ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring