Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublikachilar AQShning BMTdan chiqishi tashabbusini ilgari surmoqda  

Respublikachilar AQShning BMTdan chiqishi tashabbusini ilgari surmoqda  

Respublikachilar BMT AQSh manfaatlarini olg‘a surmayotgani va mamlakatga bo‘lgan munosabatlari prezident Trampning «Birinchi navbatda Amerika» g‘oyasiga mos kelmayotganidan xavotirda va shu sababli Qo‘shma Shtatlarni tashkilot tarkibidan to‘liq chiqarish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.

Fox News telekanali xabariga ko‘ra, tegishli qonun loyihasi allaqachon Senatda taqdim etilgan bo‘lib, bugun Vakillar palatasiga ham kiritilishi rejalashtirilgan.

Qonun loyihasida AQShning tashkilot va unga aloqador organlaridagi a’zoligini, shuningdek, BMTga daxldor agentliklarni moliyalashtirishni to‘xtatish taklif etiladi.

Qonun loyihasini taqdim etgan senator Maykl Lining aytishicha, BMT AQSh va uning ittifoqchilariga nisbatan qarshi hujumlar tashkil qiladigan joyga aylangan va mamlakat tashkilotni moliyalashtirishni to‘xtatishi kerak. Senatorning fikricha, Tramp siyosatiga ko‘ra, mamlakat xavfsizligini ta’minlovchi alyanslarga ustuvor ahamiyat berish uchun Qo‘shma Shtatlar tashkilotni tark etishi lozim.

Li, shuningdek, BMT mavjud bo‘lgan yillar davomida nimalarga erishganini shubha ostiga oladi. Uning ta’kidlashicha, e’tibor va pulga qaramay, u urushlar, inson huquqlari buzilishi va pandemiyaning oldini olishga muvaffaq bo‘lolmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh 2022 yilda BMTga 18 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratgan, bu tashkilot umumiy budjetining taxminan uchdan bir qismini tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 4 fevral kuni Tramp Qo‘shma Shtatlarni BMT Inson huquqlari kengashi va BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligi (UNRWA) tarkibidan chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring