Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Rossiya armiyasi Ukraina chegarasini kesib o‘tganini aytdi

Putin Rossiya armiyasi Ukraina chegarasini kesib o‘tganini aytdi

Prezident Vladimir Putinning aytishicha, Rossiya armiyasi Kursk viloyatida oldinga siljimoqda

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, hujum «butun jangovar aloqa chizig‘i bo‘ylab» amalga oshirilmoqda.

«Bir soat oldin menga ma’lum qilingan so‘nggi ma’lumotlar shuki, bugun tunda 810-brigada jangchilari Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tib, dushman hududiga kirgan», - dedi Putin.

Ukraina tomoni bunga javob berdi. Kursk viloyatidagi mudofaa tizimidagi yutuqlar haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, dedi Bosh shtab vakili Dmitriy Lixovoy.

19 fevral soat 15:00 holatiga ko‘ra, kun boshidan buyon Kursk viloyatida 12 ta qurolli to‘qnashuv qayd etilgan, ulardan uchtasi hali ham davom etmoqda, qolganlari qaytarilgan.

Qaytarilgan hujumlardan biri, taxminan, ertalab soat 6 larda, Rossiya bo‘linmasining Nikolayevo-Daryino-Juravka yo‘nalishi bo‘yicha Ukraina davlat chegarasi tomon yurishga urinishi bo‘ldi. «Urinish muvaffaqiyatsiz tugadi», dedi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi vakili.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring