AQSh ilk marta BMTning Rossiyaga qarshi rezolyusiyasida qatnashmayapti – RIA

AQSh Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri birinchi marta BMT Bosh Assambleyasining Ukraina masalasi bo‘yicha Rossiyaga qarshi rezolyusiya loyihasining hammuallifi bo‘lmadi.
«RIA Novosti»ning xabar berishicha, bu haqdagi hujjat tahririyatda mavjud.
Qayd etilishicha, 24-fevralga tayyorlangan joriy rezolyusiya loyihasi Rossiyadan «o‘z qurolli kuchlarini Ukraina hududidan darhol, to‘liq va hech qanday shartlarsiz olib chiqib ketishni» talab qilmoqda.
Rezolyusiya loyihasi mualliflari orasida Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Kanada, Shveysariya, Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari bor. Biroq ushbu ro‘yxatda AQSh yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter