O‘limga hukm qilingan amerikalik o‘qotar qurolni tanladi

AQShda so‘nggi 15 yilda birinchi marta o‘lim jazosi o‘q otar qurolda amalga oshiriladi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, janubiy karolinalik 67 yoshli mahkum Bred Sigmonning o‘zi ushbu qatl usulini tanladi.
Hukm 7-mart kuni ijro etiladi.
Ta’kidlanishicha, 1976-yildan buyon AQShda faqat uch nafar mahkum otib o‘ldirilgan. Har uch holat Yuta shtatida kuzatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter