Pentagonda yangi rahbar

Pit Hegset AQSh mudofaa vaziri bo‘lish uchun yetarlicha ovoz to‘pladi.
Fox News telekanalining sobiq boshlovchisi Pentagonda katta o‘zgarishlar qilishga va’da bermoqda. Biroq uning tajribasi va layoqatiga shubhalar bor.
Texas universiteti professori Jeremi Suri: «Bizda ilgari Hegsetdek mudofaa vaziri bo‘lmagan edi», dedi.
Pentagon rahbari lavozimiga avvallari boshqaruv tizimida katta tajribaga ega va ikki partiyaning keng qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lgan nomzodlar o‘tgan. Bu safar nomzod tasdiqlanishi uchun qo‘shimcha ovozlar kerak bo‘ldi.
Uch nafar respublikachi senator, jumladan Mitch Makkonnell yangi nomzodga qarshi ovoz berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Hegset Pentagon kabi yirik va murakkab tashkilotni samarali boshqara olishini hali isbotlamagan.
Pentagonning budjeti 1 trillion dollarni tashkil etadi. Hegset faoliyati davomida boshqargan eng katta guruh 100 kishini, eng katta budjet esa 16 million dollarni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter