«Salimboyvachcha» – Salim Abduvaliyev qamoqdan ozod qilindi – OAV
Salim Abduvaliyev salomatligidagi muammolar tufayli ozodlikka chiqdi. U o‘tgan yilning mart oyida 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
«Kun.uz» nashrining o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, xalq orasida «Salimboyvachcha» nomi bilan taniqli S.Abduvaliyev jazoni ijro etish muassasasidan 12-yanvar kuni sog‘ligidagi muammolar tufayli ozod qilingan.
75 yoshli Abduvaliyev 2023-yilning dekabrida o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlashda gumonlanib ushlangan va Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi 2024-yil 19-mart kuni uni JKning 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
«Salim Abduvaliyev xastaligi tufayli 2025-yil 12-yanvar kuni JKning 75-moddasi tartibida jazodan ozod qilingan va ozodlikka chiqarilgan», – deb yozmoqda nashr.
Ma’lumot uchun, JKning 75-moddasi (Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish) hukm chiqarilganidan keyin jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishini nazarda tutadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter