Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda qo‘riqchi, Buxoroda hisobchi, Farg‘onada gazchi qo‘lga olindi

Qashqadaryoda qo‘riqchi, Buxoroda hisobchi, Farg‘onada gazchi qo‘lga olindi

Foto: Xabar.uz

Ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dehqonobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «D.K.» AJ qo‘riqchisi M.A. fuqarolar S.U. va Yo.I.ning ishonchiga kirib, ularni ushbu korxonaga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro shahri bo‘limi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shofirkon tuman Tibbiyot birlashmasi bo‘lim hisobchisi Yu.H. fuqaro S.Z.ning ishonchiga kirib, uni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa «Toshloqtumangaz» gazchisi M.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib fuqaro A.S.ni ushbu gaz ta’minoti korxonasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga muqaddam 1,7 mln so‘m va 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 640 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakalari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring