Allamjonovga suiqasddan so‘ng uning 7 nafar xodimi qamalgani ochiqlandi
Komil Allamjonovga suiqasddan so‘ng jamoat tartibini buzganlikda ayblanib, uning yetti nafar xodimi 15 sutkaga qamoq jazosiga tortilgani ma’lum bo‘ldi.
Oliy sud ushbu yetti nafar fuqaroning shikoyatini taftish tartibida ko‘rib chiqadi.
Ochiq sud majlisi bugun, 13 yanvar kuni soat 9:30 ga belgilangan.
Himoyachilar ayblovlar soxtalashtirilganini ta’kidlamoqda.
Avvalroq, prezident administratsiyasining sobiq mulozimi Komil Allamjonovga nisbatan uyushtirilgan qurolli hujum ortidan ochilgan jinoiy ish sudga oshirilgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter