Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent ko‘chalaridagi «A» yo‘lakda qaysi holatlar uchun jarima yozilmasligi aytildi

Toshkent ko‘chalaridagi «A» yo‘lakda qaysi holatlar uchun jarima yozilmasligi aytildi

Parlament Quyi palatasida deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasini muhokama qildi.

Mazkur qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga transport vositalari haydovchilarining yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan harakatlanganligi uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Bunda alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarining harakatlanganligi, yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanganlik, yo‘nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun harakatlanganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmaydi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi jamoat transportida yo‘lovchilarga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatilishini tashkil etish va jamoat transporti harakati ustuvorligini hamda yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mazkur qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring