Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 16-paketini e’lon qildi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 16-paketi doirasida Rossiyaning 13 ta bankini SWIFT to‘lov tizimidan uzdi. Bundan tashqari, YeI Rossiyaning EADaily, Lenta va NewsFront kabi sakkizta ommaviy axborot vositalarini Yevropada efirga uzatishni taqiqladi. Shuningdek, 48 ta jismoniy va 35 ta yuridik shaxs hamda «soyadagi flot»ning 74 ta kemasi qora ro‘yxatga kiritildi.
YeI Kengashi tomonidan chop etilgan press-relizda aytilishicha, «Rossiya bank-moliya tizimi uchun muhim hisoblangan 13 ta mintaqaviy banklarga taqiqni kengaytirishga qaror qilingan».
Yevroitifoq, shuningdek, Rossiyaga eksport qilinishi taqiqlangan tovarlar ro‘yxatini kengaytirdi. Unga ko‘ra, bu tovarlar «Rossiya harbiy tizimlarini rivojlantirayotgan va ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlayotgan» bo‘lishi mumkin. Ular, xususan, uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish uchun foydalanilayotganligi taxmin qilinadi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Rossiya orqali kimyoviy moddalar, plastmassa va kauchukning ayrim turlarini eksport qilish va tranzitga, shuningdek, birlamchi alyuminiy importiga qo‘shimcha cheklovlar kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya-Ukraina urushiga bugun, 24 fevral kuni roppa-rosa 3 yil to‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter