Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng boy odamlar hammadan ko‘p yashashmoqchi

Eng boy odamlar hammadan ko‘p yashashmoqchi

Foto: BILD

Umrni uzaytirish sanoati «Kremniy vodiysi»ning eng qaynoq sarmoyalar kiritilayotgan makoniga aylandi, deb yozdi BILD nashri.

2025-yilda umrni uzaytirish sanoati hajmi 578 mlrd yevroga yetishi kutilmoqda. Sohaning tegirmoniga eng ko‘p suvni o‘ta boy odamlar quyishmoqda.

Shveysariyaning UBS banki ma’lumotiga ko‘ra, 48 million dollari bor odamlar qo‘shimcha 10 yil hayot kechirish uchun boyliklarining yarmidan kechishga tayyor!

Tadbirkor va biohaker, 47 yoshli Brayan Jonson shulardan biri. U yosharish uchun kuniga 50 dan ziyod hapdori qabul qiladi, yosh o‘g‘lining qon plazmasini tinmay quydirib turadi, uning yuragi urishi va miyasi faolligi doimiy kuzatuv ostida, qolaversa, qarishga qarshi kurashish uchun 30 mutaxassisdan iborat jamoasi bor. Mana shular uchun har yili 1,9 mln yevro to‘laydi.

Amazon asoschisi Jeff Bezos Altos Labs biotexnologiya kompaniyasiga 2,9 mlrd yevro sarmoya kiritgan. Startapning maqsadi — qarishni to‘xtatish va hatto yosharish uchun organizm hujayralarini qayta dasturlash.

PayPal asoschilaridan biri Piter Til qarish bo‘yicha tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi Methuselah jamg‘armasiga 6,5 million yevro tikkan. Open AI rahbari Sem Altman ham xuddi shunga o‘xshash Retro Biosciences loyihasiga jiddiy kirishgan. Aytishlaricha, Davosdagi jahon iqtisodiy forumida u yangi sarmoyadorlarni rosa qidirgan.

Longevity Investors asoschilaridan biri Mark Bernegger esa umrni uzaytirish sanoatini olg‘a siljitish uchun milliarderlar, tadbirkorlar va olimlarni birlashtirmoqda.

«Qancha vaqt baxtli va sog‘lom bo‘lsam, shuncha umr ko‘rishni istayman. Fan nuqtai nazaridan, bu 90–120 yilga teng — uddalasa bo‘ladi».

Bu kabi sarmoyalarning urfga kirishi barcha odamlarning kelajagini o‘zgartiradimi — buni vaqt va pullar ko‘rsatadi, deya xulosa qildi BILD tahririyati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring