Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelajak boshqacha bo‘ladi – Huawei va BAAdagi IEEE innovatsion Wi-Fi 7 dasturini ishga tushirmokda

Kelajak boshqacha bo‘ladi – Huawei va BAAdagi IEEE innovatsion Wi-Fi 7 dasturini ishga tushirmokda

«Imagine Wi-Fi 7 to Reality» dasturi texnologik ekotizimning turli segmentlariga yo‘naltirilgan tanlovlarni o‘z ichiga oladi

2025 yilning 23 yanvar kuni simsiz texnologiyalarda innovatsiyalarni ilgari surish maqsadida Huawei kompaniyasi va BAAdagi elektrotexnika va elektronika muhandislari instituti (IEEE) bo‘limi «Imagine Wi-Fi 7 to Reality» dasturini taqdim etdi. 2025 yil 20 yanvardan 20 aprelgacha davom etadigan ushbu strategik tashabbus Wi-Fi 7 ssenariylariga asoslangan yangi talablarni o‘rganish, yuqori malakali aloqa mutaxassislarini tayyorlash va yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda (ME&CA) sohaning intellektual o‘zgarishini tezlashtirishga qaratilgan.

Dastur simsiz texnologiyalar rivojlanishining hal qiluvchi davrida yo‘lga qo‘yildi, chunki Wi-Fi 7 tezlik, ishonchlilik va foydalanishda misli ko‘rilmagan yutuqlarni va’da qiladi. Ma’lumot uzatish tezligi avvalgisidan taxminan uch baravar yuqori bo‘lganligi sababli, Wi-Fi 7 8K video oqimidan tortib virtual haqiqatga sho‘ng‘ish va muhim korporativ ilovalargacha bo‘lgan hamma narsani o‘zgartirishga qodir.

Dubayda dasturni ishga tushirish marosimida Huawei kompaniyasi rahbarlari va Dubay universitetining asosiy aksiyadorlari, BAAdagi IEEE bo‘limi va soha hamkorlari ishtirok etishdi. Dubay universiteti prezidenti va IEEE faxriy raisi doktor Iza Bastaki o‘zining kirish so‘zida dastur yutuqlarini yuqori baholadi. «Imagine Wi-Fi 7» dasturining o‘tgan yildagi ajoyib taraqqiyoti hayratlanarli bo‘ldi. Wi-Fi 7 standarti butun soha bo‘ylab chuqur munozaralar va keng fikr almashishni yuzaga keltirdi. Keljakka nazar tashlar ekanmiz, kelgusi mavsumda yanada kengroq va yanada qizg‘in suhbatlarni kutib qolamiz».

Huawei kompaniyasining BAAdagi xavfsizlik bo‘yicha direktori Abdulaziz Al-Nuaymi nutq so‘zlab, Huawei, BAAdagi IEEE bo‘limi va Dubay universiteti o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik haqida gapirib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, yangi mavsum sohani rivojlantirish va foydalanuvchi tajribasi va ma’lumotlar xavfsizligini ko‘p tomonlama tahlil qilishga undashga qaratilgan. «IEEE va Dubay universiteti bilan ko‘p yillik hamkorligimiz doimiy ravishda iste’dodlarni rivojlantirish va AKT innovatsiyalarida ajoyib natijalarga erishmoqda. Ushbu hamkorlik bir tomondan sohamizning o‘sishini, va BAAning texnologiya yetakchisi sifatidagi mavqeini ham mustahkamlaydi. Birgalikda biz AKT iste’dodlarining keyingi avlodini rivojlantirishga innovatsiyalar yaratishga yordam beradigan mustahkam ekotizimni yaratmoqdamiz», deya qo‘shimcha qildi Al-Nuaymi.

Huawei kompaniyasining yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi IP mahsulotlari va yechimlari bo‘yicha menejeri Rayan Pan 2024 yilda Imagine Wi-Fi 7 yutuqlarining keng qamrovli sharhini taqdim etdi va Huawei kompaniyasining 2025 yilgi simsiz aloqa strategiyasi haqida gapirdi. «Huawei sohadagi ko‘plab nou-xau va Wi-Fi texnologiyalari bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lib, Wi-Fi texnologiyalarining soha standartlariga katta hissa qo‘shadi», dedi Pan, va Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida Wi-Fi 7 texnologiyasining bir nechta muvaffaqiyatli joriy etilishi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Dubay universitetining axborot texnologiyalari bo‘yicha direktori Muhammad Xanif Wi-Fi 7 texnologiyasini joriy etish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. «Bizning sinovlarimiz tezlik va foydalanuvchi tajribasida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rsatdi», deb izoh berdi Xanif. «Huawei kompaniyasining Wi-Fi 7 texnologiyasi oliy o‘quv yurtlarida raqamli ta’limda yuqori o‘tkazuvchanlik, xavfsizlik va tarmoq operatsiyalari talablariga samarali javob beradi».

«Imagine Wi-Fi 7 to Reality» tashabbusi doirasida texnologik ekotizimning turli segmentlariga qaratilgan ikkita tanlov o‘tkaziladi. «Wi-Fi 7 Pioneer» tanlovi Wi-Fi 7 yechimlarini joriy qilgan amaliyotchilarni jalb qiladi va ularni Huawei IP Club tadbirlarida jonli taqdimotlar va video materiallarni yuborish orqali amalga oshirish tajribasi bilan bo‘lishishga taklif qiladi. Ishtirokchilar aralash ishtirok etish usullaridan foydalangan holda 1500 tagacha IP Club ballarini to‘plashlari mumkin.

«Innovation Pioneer» dasturi texnologiya ixlosmandlari, tadqiqotchilar va qiziquvchilarning keng auditoriyasi uchun maydon taklif etadi. Ishtirokchilar qiziqarli video taqdimotlar orqali orqali Wi-Fi Shield texnologiyasi, VIP Experience Assurance va Dynamic Zoom Smart antennalarini qo‘llashni o‘z ichiga olgan ilg‘or Wi-Fi 7 texnologiyasini qo‘llashning ilg‘or imkoniyatlarini o‘rganadilar.

Dastur ishtirokchilarning hissasi va yutuqlari Huawei shtab-kvartirasiga «Huawei IP Club Explorer Tour» da ishtirok etish va IEEE va Huawei tomonidan birgalikda taqdirlanadigan nufuzli «Pioneer Trophy» muqofotiga ega bo‘lish orqali e’tirof etiladi. Qo‘shimcha mukofotlar qatoriga joriy yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Huawei Tech Carnival 2025 tadbirida ishtirok etish va ijtimoiy tarmoqlarda faol ishtirok uchun Huawei FreeClip quloqchinlari ham kiradi.

Wi-Fi 7 joriy etilishi yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida sezilarli darajada tezlashdi. Huawei kompaniyasi 30 000 dan ortiq Wi-Fi 7 ulanish nuqtalarini o‘rnatdi va 180 dan ortiq korxonalar texnik standart sifatida Wi-Fi 7 ni tanladilar. Bunday keng qamrovli dastur sohaning Wi-Fi 7 imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini va uning korporativ ilovalarda foydalanishga tayyorligini namoyish etadi.

Wi-Fi korporativ yechimini chiqargan dunyodagi birinchi yetkazib beruvchi sifatida Huawei kompaniyasi WLAN standartlarini rivojlantirishga beqiyos sodiqligini namoyish etadi. WLAN va Wi-Fi 7 standartlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan Huawei o‘z mavqeini Wi-Fi 7 bo‘yicha jahon yetakchisi sifatida mustahkamladi. Xususan, Huawei kompaniyasi «Wireless Broadband Alliance (WBA) Industry Awards 2024» doirasida nufuzli «Eng yaxshi korporativ Wi-Fi tarmog‘i 2024» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Dastur tafsilotlari va tanlovda ishtirok etish shartlari: https://e.huawei.com/ae/events/2024/ae/partners/imagine-wifi7/contest

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring