Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inson umri o‘sishdan to‘xtadi — tadqiqot

Inson umri o‘sishdan to‘xtadi — tadqiqot

Illyustrativ foto

Yevropa va Buyuk Britaniyada umr ko‘rish davomiyligi o‘sishdan deyarli to‘xtadi, deb xabar berdi Lancet Public Health jurnali.

Ortiqcha vazn, noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikning pastligi, qolaversa, COVID-19 pandemiyasi asoratlari bunga sababchi, deyiladi britan olimlari o‘tkazgan tadqiqot xulosasida.

Umr ko‘rish davomiyligi o‘sishi eng sekinlashgan mamlakat — Angliya. Misol uchun, 1990-yildan 2011-yilgacha mamlakatda umr ko‘rish davomiyligi o‘sishi har yili 0,25 yilni tashkil etgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda 0,07 yilga qisqarib 0,18 yilga tushgan.

Yevropada 1990–2011 yillar oralig‘ida umr ko‘rish davomiyligi yiliga 0,23 yilga oshib borgan. Biroq 2011–2019-yillarda o‘sish 0,15 yilga tushib ketdi. Qit’ada umr ko‘rish davomiyligi o‘sishi eng yaxshi mamlakat — Norvegiya.

Professor Nikolas Stil afsus bilan ta’kidlashicha, yuqori qon bosimi, xolesterin darajasining balandligi va semirish kabi asosiy xatar omillari ko‘rsatkichlari yaxshilanishdan to‘xtagan yoki yomonlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring