Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyaning Yevroittifoqqa a’zoligi islomofobiya tufayli to‘xtatilgan – Hakan Fidan

Turkiyaning Yevroittifoqqa a’zoligi islomofobiya tufayli to‘xtatilgan – Hakan Fidan

Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik muzokaralari «islomofob» yondashuv tufayli «de-fakto to‘xtatilgan».

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush boshlanganining 3 yilligi munosabati bilan Anqarada bo‘lib o‘tgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Yaqin va yuqori darajada institutsionallashgan Yevropa Ittifoqi bilan uzoq yillik hamkorlikka egamiz. Lekin so‘nggi yillarda Yevropa Ittifoqiga a’zoligimiz borasidagi muzokaralar ma’lum nuqtada to‘xtab qoldi va bunda Yevroittifoq yuritayotgan siyosat katta musulmon davlatini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga to‘sqinlik qilayotgani haqida hech kim gapirmayapti.

Bu haqda hech kim ochiq gapirishni istamayapti, biroq vaziyat shunday», – deydi Turkiya TIV rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring