Yevroittifoq Kiyev bilan yerosti qazilmalari bo‘yicha o‘z kelishuvlarini tuzmoqchi – Le Figaro

Yevropa Ittifoqi vakillari Kiyev bilan mineral resurslar bo‘yicha o‘z kelishuvlarini tuzmoqchi.
Yevrokomissiyaning sanoat strategiyasi bo‘yicha komissari Stefan Sejurne Kiyevda Ukraina rasmiylari bilan uchrashuvda ularga muqobil taklif bergan. Qo‘shma Shtatlar taklifidan farqli o‘laroq, bu ikki tomon uchun foydali bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
«Yevropa uchun zarur bo‘lgan 30 ta muhim mineraldan 21 tasi Ukraina tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida ta’minlanishi mumkin», – deya Yevrokomissiya vitse-prezidenti Sejurne so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Le Figaro gazetasi.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga ko‘rsatilgan yordam uchun ilgari sarflangan mablag‘larni qaytarishga harakat qilayotgani va Tramp ma’muriyati Ukraina zimmasida 500 mlrd dollarlik qarz borligini iddao qilgani haqida xabar berilgan edi.
O‘z navbatida, Ukraina AQShning Vashingtonga mamlakatning mineral boyliklaridan ulushini beruvchi kelishuv doirasida 500 milliard dollarlik fond ajratish talabiga qarshi chiqqan. Shuningdek, Kiyev Tramp ma’muriyati taklif qilgan kelishuvni imzolasa, AQShga yuzlab yillar davomida yordam uchun tovon to‘lashi kerak bo‘lishini bildirgan edi.
Qolaversa, Zelenskiy ma’muriyati AQSh tomonidan taklif qilingan kelishuvga xavfsizlik kafolatlarini kiritilishni talab qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter