Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanksiyalar bekor qilinishining bizga qizig‘i qolmadi — Shimoliy Koreya TIV

Sanksiyalar bekor qilinishining bizga qizig‘i qolmadi — Shimoliy Koreya TIV

Foto: Shutterstock

KXDRga qarshi sanksiyalar bekor qilinishi mamlakatning qiziqish doirasidan tashqarida va endi buning uchun harakat qilmaydi. Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligining shu mazmundagi bayonoti Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan e’lon qilindi.

«Sanksiyalarni muzokaralar yo‘li bilan olib tashlash biz uchun allaqon ahamiyatini yo‘qotgan va vazifamiz hisoblanmaydi. AQSh tomonidan kiritilgan vahshiyona sanksiyalar bizni eng og‘ir tashqi sharoitlarda jon saqlash, gullab-yashnash va yanada kuchliroq bo‘lishga o‘rgatdi», — deyiladi KXDR TIV bayonotida.

Tashqi siyosat idorasining ta’kidlashicha, Vashington Shimoliy Koreyaga nisbatan qo‘llayotgan sanksiyalar siyosati «almisoqdan qolgan», bundan buyog‘iga «Qo‘shma Shtatlar va uning yaloqxo‘rlarining sanksiya vositalari bilan o‘yin qilishga urinishi» KXDR uchun emas, balki ularning zarariga ishlaydi.

KXDR TIV mamlakatga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritishga urinishning «badali qimmat» bo‘lishi, Pxenyan o‘z suveren huquqlarini himoyalash uchun javob choralari ko‘rishi haqida ogohlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh KXDRning 11 fuqarosi, shuningdek, Shimoliy Koreya va Rossiyadagi 8 ta yuridik shaxsga qarshi sanksiya kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring