Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Xalqaro jinoyat sudiga qarshi sanksiya kiritdi

Tramp Xalqaro jinoyat sudiga qarshi sanksiya kiritdi

Foto: Interfaks

Donald Tramp AQSh va uning ittifoqchilari, birinchi navbatda, Isroilni ta’qib qilganlikda ayblab Xalqaro jinoyat sudi (XJS)ga qarshi sanksiya kiritdi.

Amerikaliklar va ularning ittifoqchilariga qarshi tergov olib borayotgan shaxslar va ularning oilalariga nisbatan moliyaviy va viza sanksiyalari qo‘llaniladi.

«XJS Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish uchun asoslanmagan order berib, o‘z vakolatlarini suiiste’mol qildi», — deyiladi Tramp imzolagan farmon matnida.

Ta’kidlanishicha, AQSh va Isroil «urush qonunlariga qat’iy rioya qiluvchi armiyaga ega gullab-yashnayotgan demokratiyalar hisoblanadi».

Gaaga (Niderlandiya)da joylashgan Xalqaro jinoyat sudi, AQShning sanksiyalar qo‘llash ehtimolidan kelib chiqib, o‘z xodimlarini himoyalash maqsadida ularga uch oylik maoshini oldindan to‘lab bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring