O‘zbekiston Ukraina bo‘yicha rezolyusiyada betaraf qoldi

BMT Ukraina bo‘yicha rezolyusiyani qabul qildi. O‘zbekiston unda betaraf qoldi.
Bosh Assambleya Ukraina tomonidan Yevropa davlatlari bilan birgalikda tayyorlangan rezolyusiyani qabul qildi. Hujjat tavsiyaviy xarakterga ega. Rezolyusiyani yoqlab 93 davlat ovoz berdi, 18 davlat qarshi ovoz berdi, O‘zbekiston va yana 64 davlat betaraf qoldi.
Rezolyusiya matnida Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududidan “zudlik bilan, to‘liq va so‘zsiz” olib chiqib ketish va harbiy harakatlarni to‘xtatish zarurligi haqida so‘z boradi.
Hujjat, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning Ukrainaning tan olingan chegaralari doirasidagi suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga sodiqligini tasdiqlaydi.
Avvalroq AQSh rezolyusiyaning o‘ziga xos variantini taklif qilgan va Ukraina taqdim etgan hujjatni qaytarib olishga chaqirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter