O‘zbekistonga davolanish uchun kelayotgan soni keskin oshdi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyun oylarida jami 56,9 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,6 ming nafarga yoki 76,4 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Tojikiston — 43 287 nafar;
Qozog‘iston — 6 615 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 5 485 nafar;
Rossiya — 925 nafar;
Turkmaniston — 462 nafar;
Turkiya — 23 nafar;
Afg‘oniston — 16 nafar;
Ozarbayjon — 9 nafar;
Boshqa davlatlar — 52 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter