Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijdan jangovar o‘q-patron olib kirishga uringan shaxslar ushlandi

Xorijdan jangovar o‘q-patron olib kirishga uringan shaxslar ushlandi

Foto: Xabar.uz

Buxoro viloyat Bojxona boshqarmasi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, qo‘shni davlatdan jangovar o‘q-patron olib kirishga uringan shaxslar qo‘lga olingan.

Ta’kidlanishicha, «Olot» chegara bojxona postiga tranzit yo‘nalishda harakatlanayotgan yengil avtomashinalar tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomashinasi kirib kelgan. Bojxona xizmati xodimlari belgilangan tartibda yuk avtomashinasini bojxona nazorati ko‘rigidan o‘tkazishi ishorasini ko‘rsatishgan. Biroq, uning ortidan kelgan yengil avtomashinalardan birining haydovchisi hamda sheriklarining o‘zini tutishi, besaranjom harakati xodimlar e’tiborini oshirgan. Yuk avtomashinasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigini o‘tkazilgan. Uning ortidan izma-iz ko‘rikdan o‘tgan yengil avtomashina orqa o‘rindig‘i ostidan esa 7 dona jangovar o‘q-patronlar topilgan.

«Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi hamda DXX chegara qo‘shinlari xodimlarining o‘zaro hamkorligida jangovar patronlarni mamlakatimiz hududiga olib kirilishining oldi olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bundan ilgariroq bir dona jangovar o‘q-patron olib kirilishi oldi olingan edi»,-dedi Durdona Qayumova.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring