Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijdagi o‘zbekistonliklarning huquqlarini himoya qilish kuchaytiriladi

Xorijdagi o‘zbekistonliklarning huquqlarini himoya qilish kuchaytiriladi

Xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishi kuchaytiriladi.

Bu borada joriy yil 4-dekabr kuni Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ-1009-son qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.

Qonun bilan kodeks xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun, qabul qilib olishni hamda xorijiy davlatga berishni nazarda tutuvchi yangi bob bilan to‘ldirilmoqda.

Shuningdek, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni va o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslari, sud jarayoni ishtirokchilarining protsessual maqomi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring