Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yuki yetkazib berildi

O‘zbekistonning Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yuki yetkazib berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan O‘zbekiston xalqining bag‘rikenglik ko‘magi sifatida Afg‘oniston aholisini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zarur oziq-ovqat hamda dori-darmon vositalari shaklidagi insonparvarlik yuki Afg‘oniston xalqiga yetkazib berildi.

Shuningdek, jami 9 vagondan iborat «Salomatlik» tibbiy-sanitar yordami joriy yil 25-30 dekabr kunlari o‘zbekistonlik malakali shifokorlar tomonidan Afg‘onistonning Balx viloyatida bir guruh aholi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, mazkur insonparvarlik yordami O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlarining uchrashuvida afg‘on xalqini O‘zbekiston shifokorlari tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ko‘mak ko‘rsatish so‘roviga asosan amalga oshirilmoqda.

Insonparvarlik yuklari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Transport va Tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ mutasaddilari tomonidan yetkazib berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring