Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini sotadi

O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini sotadi

16 dekabr, dushanba kuni O‘zbekiston energetika vaziri hamda «O‘zenergosotish» kompaniyasi rahbari Jahongir Obidjonov Afg‘onistonning asosiy energiya ta’minlovchi – DABS (Da Afghanistan Breshna Sherkat) shirkati rahbariyati bilan uchrashdi.

Afg‘on kompaniyasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda DABS rahbari Abdul-Bori Umar va hamda «O‘zenergosotish» kompaniyasi rahbari Jahongir Obidjonov Afg‘onistonga 2025 yilda elektr energiyasini sotish to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan.

Qayd etilishcha, Ushbu kelishuv ikki davlat o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va Afg‘onistonni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov bilan muzokaralar chog‘ida 500 kV «Surxon – Puli-Xumri» elektr uzatish liniyasi qurilishini boshlash masalasi muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring