Boku–Grozniy samolyoti Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida qulab tushdi
Bokudan Grozniyga parvoz qilgan Azerbaijan Airlines kompaniyasi samolyoti Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida qulab tushdi.
Dastlabki tafsilotlar:
- Samolyot bortida 67 yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
- 14 kishi shifoxonaga yetkazilgan.
- Grozniy aeroporti halokatga uchragan samolyot Checheniston poytaxtiga tuman tushgani bois Maxachqal’aga yo‘naltirilganini ma’lum qildi.
- Halokatga samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashgani sabab bo‘lgan: Embraer 190 ekipaji to‘qnashuv oqibatida rul boshqaruvi buzilgani haqida yerga signal bergan.
- Yo‘lovchilar asosan rossiyaliklar bo‘lgan.
Ma’lumotlar o‘zgarishi mumkin!
To‘ldirilgan ma’lumot:
Samolyot bortida Ozarbayjonning — 37, Rossiyaning — 16, Qozog‘istonning — 6, Qirg‘izistonning — 3 nafar fuqarosi bo‘lgan, deb xabar berdi Tengrinews agentligi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter