Jizzaxda ikki kishi 51 ming qalbaki dollarni sotayotgan paytda ushlandi

Jizzax viloyatida qalbaki 51 000 AQSh dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat Departamentning Jizzax shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar I.N. va M.M. fuqaro S.G.ga 100 AQSh dollarlik kupyuradagi jami 51 000 qalbaki AQSh dollarini hamda 200 ming so‘mlik kupyurali qalbaki 100 mln so‘mni jami 93 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 39,2 mln so‘mini bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter