Dog‘iston voqealari qurbonlari soni ko‘paydi
Dog‘istondagi teraktlar qurbonlari soni 20 kishiga yetdi.
Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Tatyana Belyayevaning so‘zlariga ko‘ra, 46 kishi jabrlangan. Ularga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda – yetti nafar yaradorning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
«Afsuski, 20 kishi, jumladan, huquq-tartibot idoralari xodimlari va tinch aholi vakillari halok bo‘ldi», — dedi Belyayeva.
Bemorlarni respublikadan tashqariga evakuatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror bemorlarni belgilangan qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazishdan so‘ng qabul qilinadi.
Ba’zi bemorlar davolanishni davom ettirish uchun idoraviy muassasalarga o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 23 iyun kuni noma’lum qurollangan shaxslar Mahachqal’a va Darbantdagi cherkov va sinagogaga hujum qildi. Jangarilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter