Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dog‘istonda uch kunlik motam e’lon qilindi

Dog‘istonda uch kunlik motam e’lon qilindi

Dog‘istonda jangarilar hujumini qaytarish chog‘ida 15 nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Tinch aholi vakillari ham qurbon bo‘lgan.

«15 nafar politsiyachi Dog‘iston tinchligi va osoyishtaligini himoya qilib, bugungi terakt qurboni bo‘ldi», — dedi respublika rahbari Sergey Melikov telegram kanalida e’lon qilingan videomurojaatida.

Melikov hujum natijasida bir necha tinch aholi vakillari ham halok bo‘lganini qo‘shimcha qildi. Ular orasida Derbentdagi cherkovi ruhoniysi Nikolay Kotelnikov ham bor.

«Halok bo‘lganlarning yaqinlariga va jarohatlanganlarga moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi», — deya qo‘shimcha qildi respublika rahbari.

23 iyun kuni kechqurun noma’lum shaxslar Derbentdagi sinagoga va cherkovga, keyinroq Maxachqal’a shahrida esa jangarilar yo‘l harakati politsiyasi postiga hujum qildi. Yana bir otishma bir necha soatdan keyin Derbent yaqinida joylashgan Serg‘oqal’a qishlog‘ida sodir bo‘ldi.

Olti nafar jangari yo‘q qilindi, ulardan ikki nafari Dog‘istonning Sergokalinskiy tumani hokimi Magomed Omarovning farzandlari, biri esa jiyani bo‘lib chiqdi. Hokim o‘g‘illarining hujumlarda ishtiroki sababli hibsga olindi.

Jangarilardan biri 28 yoshli sobiq MMA jangchisi Gajimurod Kagirov ekani aytilmoqda, u Habib Nurmagomedovning klubi a’zosi bo‘lgan.

Tergov qo‘mitasi terrorchilik xuruji bo‘yicha ish ochdi. Dog‘istonda 24, 25 va 26 iyun motam kunlari deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hodisa munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, chuqur hamdardlik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring