Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dog‘istonda motam e’lon qilindi

Dog‘istonda motam e’lon qilindi

Dog‘iston poytaxti Maxachqal’a chekkasidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan portlashda 11 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi, deb xabar berdi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yana 11 kishi jabrlangan, ulardan to‘rt nafari ambulator davolanishga yuborilgan, qolganlarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda qolmoqda.

Portlashga yoqilg‘i tashuvchi tankerda ish vaqtida chaqnash yuz bergani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Yoqilg‘i quyish shoxobchasi binosi vayron bo‘lgan, ikkita yengil avtomobil va yuk mashinasi zarar ko‘rgan.

Dog‘iston rahbari Sergey Melikov 28 sentyabrni halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring