Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abxaziyada motam e’lon qilindi

Abxaziyada motam e’lon qilindi

Foto: Exo Kavkaza

Abxaziya prezidenti v.b. Badra Gunba yong‘in tufayli 5 nafar bola halok bo‘lgani munosabati bilan 6-yanvarni motam kuni deya e’lon qildi.

Bugun Abxaziyadagi davlat muassasalarida respublika bayrog‘i tushirilib, barcha ko‘ngilochar tadbirlar bekor qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 5-yanvar kuni Saberio qishlog‘ida yong‘in chiqib, 5 nafar bola halok bo‘lgan, ularning eng kichigi 4 oylik bo‘lgan. Uy yog‘ochdan qurilgani uchun yong‘in tez kuchayib ketgan va bolalarni qutqarishga ulgurishmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring