Belarusda prezidentlik saylovi o‘tkazilgan deb topildi

Belarusda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi.
«Soat 12:00 holatiga ko‘ra saylovchilarning 56,64 foizi ishtirok etdi va prezidentlik saylovi o‘tkazilgan deb topildi», – deb xabar qildi mamlakat Markaziy saylov komissiyasi.
Mazkur saylovda Belarusni 30 yildan beri boshqarib kelayotgan 70 yoshli Aleksandr Lukashenko ham yettinchi bor o‘z nomzodini ilgari surmoqda. Shuningdek, unga ushbu saylovda mamlakat siyosiy hayotida ko‘p tanilmagan yana to‘rt kishi raqiblik qiladi.
Ular – Sergey Sirankov, Aleksandr Xijnyak va Oleg Gaydukevich hamda muxolif partiya nomzodi deb qaralayotgan Anna Kanopatskayalardir.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilgi saylovlardan keyin g‘arb davlatlari Lukashenkoning saylovlardagi g‘alabasini qonuniylikdan tashqari deb topgan. Chunki ichki so‘rovnomalarda Svetlana Tixonovskayaning 53 foiz, Lukashenko esa 28 foiz ovoz olgani, biroq rasmiy manbalar saylovda ishtirok etganlarning 80,1 foizi – Lukashenko foydasiga, 10,1 foizi esa Tixonovskayaga ovoz bergani haqida ma’lumot tarqatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter