Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi mahalla raislari har 5 yilda saylanadi

Endi mahalla raislari har 5 yilda saylanadi

Joriy yil 11-fevral kuni qabul qilingan tegishli qonun bilan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida»gi qonunlariga fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddatini uzaytirishga doir o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, endilikda mahalla raislari vakolatlari muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi. Shuningdek, bo‘shab qolgan o‘rinlarga ham fuqarolar yig‘inlari raislari 5 yil muddatga saylanadi.

Fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlari aniqlashtirildi.

Qonun amalga kiritilguniga qadar saylangan fuqarolar yig‘inlari raislari o‘z vakolatlarini ular saylangan 3 yillik muddat tugaguniga qadar amalga oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring