Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Assotsiatsiya prezidenti lavozimiga nomzodlar Saylov qo‘mitasi a’zolari ishtirokida Assotsiatsiya Saylov kodeksi va Ustaviga asosan muvofiqlik tekshiruvidan o‘tkazilgan.
Assotsiatsiya Ustavining 30-moddasi 4-bandiga binoan delegatlar tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Bahodir Nizomovich Qurbonov nomzodi ilgari surildi.
Assosiatsiya Ustavi va Saylov kodeksiga asosan Bahodir Nizomovich Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter