Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahrida maktab stadionini pullashga uringan mansabdor qo‘lga olindi

Toshkent shahrida maktab stadionini pullashga uringan mansabdor qo‘lga olindi

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari DXX, prokuratura hamda IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga tushdi.

U tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, unga mansabdor tanishlari orqali Shayxontohur tumanida joylashgan 4 ta umumta’lim maktabining futbol maydonlarini auksion orqali ijaraga olib berish evaziga 8500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda MTT rahbariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa holatda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tumanlardan birining maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi bilan o‘zaro til biriktirgan holda, maktabda faoliyat yurituvchi o‘qituvchini tumandagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga undan 15 mln so‘m talab qilib, ushbu pul mablag‘ini bosh mutaxassis orqali olgan vaqtida DXX, IJQKD va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring