Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qibrayda xonadonda saqlab kelingan 1,1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari topildi

Qibrayda xonadonda saqlab kelingan 1,1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari topildi

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi xonadondan 1,1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh qilingan.

Ma’lum qilinishicha, tumanning «Baytqo‘rg‘on» QFY hududidagi xonadon ko‘zdan kechirilganida noqonuniy tibbiyot buyumlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro E.N. ushbu xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish, tashish, saqlash va tibbiyot amaliyotida qo‘llash taqiqlangan tibbiyot buyumlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, umumiy bahosi 1,1 mlrd so‘mlik 25 turdagi 16 780 dona tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring