O‘zbekiston prezidenti Tojikistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mamlakatimiz yetakchisi O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlarining qo‘shma uchrashuvida ishtirok etadi hamda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter