Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent markazidan Yangi Toshkentga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent markazidan Yangi Toshkentga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

2025-yil 28-martdan yangi 197-sonli avtobus yo‘nalishi ochiladi.

Bu borada Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i chiqarilgan.

Mazkur avtobus Maxtumquli va Yangi O‘zbekiston yo‘li ko‘chalari orqali «O‘zbekiston mehmonxonasi bekati - Yangi Toshkent bekati» yo‘nalishida harakatlanadi.

Shuningdek, 190 hamda 137-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritiladi.

Ya’ni:

  • 190-sonli avtobus yo‘nalishi

«Yangibozor AShB - Mashinasozlar metrosi» yo‘nalishi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha bir tomonlama harakat qiladi. Keyin o‘zining avvalgi yo‘nalishi bo‘ylab harakatni davom ettiradi.

  • 137-sonli avtobus yo‘nalishi

Endilikda Istiqbol mahallasi bekatidan Parkent yo‘li ko‘chasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha ikki tomonlama harakat qiladi.

«Istiqbol mahallasi - Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi» yo‘nalishi «Yangi Toshkent bekati - Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi» deb nomlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring