Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev: «Yaqin Sharqda tinchlikni ta’minlashning yagona sharti mustaqil Falastin davlati!»

Mirziyoyev: «Yaqin Sharqda tinchlikni ta’minlashning yagona sharti mustaqil Falastin davlati!»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonning Shusha shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining sammitida nutq so‘zlab, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatga to‘xtaldi.

O‘zbekiston yetakchisi hududda tinchlikni saqlashning yagona sharti mustaqil Falastiin davlatini tuzish ekaniga urg‘u bergan.

«To‘qqiz oydan buyon G‘azo sektorida kechayotgan qonli urush oqibatlari bizni chuqur qayg‘u va iztirobga solmoqda. To‘qnashuvlar 40 mingga yaqin aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar hayotiga zomin bo‘lganini hech bir sabab va bahona bilan oqlab bo‘lmaydi.

Biz zo‘ravonliklarni zudlik bilan to‘xtatishga, tinchlik jarayonlarini tezroq boshlashga chaqiramiz.

Mustaqil va ozod Falastin davlatining tashkil etilishi Yaqin Sharqda strategik barqarorlik va tinchlikni ta’minlashning eng asosiy shartidir», – deydi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring