Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hojatxona qog‘ozlari bilan tabiatni ifloslantirgan blogerga chora ko‘rildi

Hojatxona qog‘ozlari bilan tabiatni ifloslantirgan blogerga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Jasjan» nomi bilan tanilgan bloger J.Sh. tomonidan Toshkent tumanida olingan hayot uchun xavfli holat aks etgan video tarqaldi.

U hojatxona qog‘ozlaridan foydalanib kontent tayyorlagan va vayn tasvirga olingan hududda hojatxona qog‘ozlarini qoldirib ketgan. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Mazkur holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganildi. Natijada J.Sh. atrof-muhitni ifloslantirib, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarlikni qasddan, jamoaviy sodir etgan deb topildi.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning  91-1-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 1 million 875 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

«J.Sh. tomonidan bunday huquqbuzarlik avval ham sodir etilgan. Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda va qat’iy choralar ko‘riladi. Shuningdek, huquqbuzarning hamrohlari shaxsiga aniqlik kiritilmoqda va ularga ham qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring