Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namanganda korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holat aniqlandi.

Prokuratura xabariga ko‘ra, Namangan viloyati Chust tumanidagi «C.Sh.» MChJ rahbarlari M.S. va I.J.lar jamiyatga qarashli sutni qayta ishlash va quritish sexida elektr energiyasini hisobini yurituvchi tok transformatorni qasddan uzib qo‘yishib, 2,1 mlrd. so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilishgan.

Holat bo‘yicha M.S. va J.I.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring