Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xlorlangan suv onkologik kasalliklar ehtimolini oshiradi — tadqiqot

Xlorlangan suv onkologik kasalliklar ehtimolini oshiradi — tadqiqot

Illyustrativ foto

Yevropa Ittifoqi va AQSh me’yorlari darajasida xlorlangan ichimlik suvi ayrim onkologik xastaliklar rivojlanishi ehtimolini oshiradi. The Guardian bu haqda shved olimlarining tadqiqotlariga asoslanib xabar berdi.

Xlor suvga qo‘shilganida deyarli barcha jamoat suv ta’minoti tizimlarida mavjud yon mahsulotlar — trigalometanlar hosil bo‘ladi. Dezinfeksiyaning bu usuli arzon va samarali, biroq ayrim xatarlardan xoli emas. Tahlillar ko‘rsatishicha, xlorli suvni iste’mol qilganda siydik pufagi saratoni paydo bo‘lishi ehtimoli 33 foizga, yo‘g‘on yoki to‘g‘ri ichak saratoni rivojlanishi xavfi 15 foizga oshadi.

Oqibatlarni yanada aniqroq baholash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish lozim, dedi Shvetsiyaning Karolin instituti yetakchi tadqiqotchisi Emili Hyolte. U ultrabinafsha nurlar bilan ishlov berish yoki yangi filtrlash tizimlari kabi suvni tozalashning muqobil usullari onkologik xatarlarni kamaytirishi mumkinligini, biroq ancha serchiqimligini ham qo‘shimcha qildi.

The Guardian yozishicha, suvni xlorlash XX asr boshidan buyon ommalashib, juda ko‘plab yuqumli kasalliklar tarqalishining oldi olingan. Ammo olimlar 1970-yillarda xlorning organik birikmalar bilan o‘zaro reaksiyasi oqibatida yuzlab xavfli toksinlar (jumladan, xloroform va bromoform) paydo bo‘lishini ham aniqlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring